Gidronefroz

Gidronefroz (gidro… va Yun. Nephros —buyrak) —buyrak istisqosi. Buyrak jomi va kosachalarining kengaya borishi natijasida buyrak o’lchamining katta- lashaverishi b-n namoyon bo’ladi. Asosan buyrak jomining siydik nayiga o’tish qismida (pieloureteral segment) me- xanik to’siq borligi g.ga sabab bo’ladi. Shu sohada tosh turib qolishi yoki o’sma paydo bo’lishi ham g.ga olib keladi. G. chaqaloqlarda ham, keksalarda ham uchray- Di. Bu asosan mexanik to’siqning katta- kichikligi va to’silib qolgan sohaning qanchalik torayganligiga bog’liq. G.da bolalar ba’zan bezovta bo’lib, qorni yoki kindik atrofi simillab og’riydi. Kat- ta yoshdagilarda esa g. bor tarafdagi bel sohasi uvishib, og’riydi, vaqt-vaqti b-n og’riq kuchayishi ham mumkin. Siydikda leyqositlar, ba’zan eritrositlar paydo bo’lib, vaqt o’tgan sari siydik zichligi kamaya boradi. Bemorning qorni paypas- langanida buyrak qo’lga unnashi mumkin. Kechiktirilgan hollarda esa hatto qorin old devori bo’rtib turadi. Ultratovush tashhisda va ekskretor urogrammada buyrak kosacha-jom sistemasi kengay- ganligi qayd etiladi. Tashhis qo’yish kechikkan sari buyrak tobora kattala- shaverib, nihoyat suyuqlik b-n to’la xal- tachaga o’xshab qoladi va o’z faoliyatini yo’qotadi. Bu holda jarroxdik usuli b-n buyrak olib tashlanadi.