Gemmulalar

Gemmulalar (lot. Gemmula — mayda kurtakcha) — 1) ko’pchilik chu- chuk suv govaktanlilari (bodyaga) va ay- Rim dengiz g’ovaktanlilarining qishki tinim holatidagi ichki kurtaklari. G’ovaktanlilar mezogleyi oziq modda- larga boy, diametri 0,3 mm keladigan amyobasimon hujayralarning sharsi- mon tuplamidan iborat. G. kremnezem (qumtuproq)dan iborat spikulalar, ya’ni amfidisklar b-n mustahkamlangan ikki qavat muguz (spongin) qobiq b-n o’ralgan. Ikkala qavat o’rtasida havo saqlovchi bo’shliq, qobiq sirtida esa yupqa parda b-n yopilgan chiqarish teshikchasi bo’ladi. Bahorda G. po’sti yorilib, uning ichidagi hujayralar tashqi muhitga chiqadi va suv tubiga yopishib, yangi g’ovaktanlilarni hosil qiladi. Suv oqimi va suv hayvonlari orqali tarqaladi; 2) Ch. Dar- Vinning Pangenezis nazariyasi bo’yicha irsiyatning gipotetik birligi (eng ki- chik zarrachasi).