Kremniy ikki oksidi

Kremniy ikki oksidi – kremniyning kislorod bilan birikmasi-SiO2. Tabiatda kvarts minerali, tridinamit, kristallobarit va boshqa moddalar ko’rinishida uchraydi. Dengiz tubidagi suv o’tlari va infuzoriyadan amorf kremniy dioksidi hosil bo’ladi. Kremniy ikki oksidining monokristallari gidrotermal sharoitlarda olinadi. Kremniyning tabiiy ikki oksidi-kremniy, kvarts shishasi, turli materiallar komponentlarini ishlab chiqarishda xomashyo sifatida xizmat qiladi.