Kremniy nima?

Odamlar har kuni oyoqlari bilan bosib yuradigan va ustida yashaydigan yer qobig’i, ya’ni tuproqning asosiy qismi kremniydan iboratdir. Kremniy yer yuzida tarqalishi jihatidan ikkinchi o’rinni egallaydi, biroq u hech qachon o’z holicha mavjud emas. Ya’ni u hamisha albatta biror element yoki bir necha elementlar bilan birikkan holda bo’ladi. Kremniy barcha xildagi tog’ jinslaridagi asosiy kimyoviy elementdir, faqat karbonatlar bundan istisnodir. Masalan, loyning 50 foizi kremniy va hech shak-shubhasiz, siz ko’rib turgan toshlarning ham xuddi shuncha qismi kremniydan iborat. Kremniyni yulduzlarda va hattoki o’t-o’lanlarning tanasida ham uchratishadi. Eng ko’p miqdordagi kremniy kremnezem tarkibida mavjuddir. Kremnezem asosan kislorod va kremniydan tarkib topgan. Kvars, yashim rangdor toshi, kul, qum — bularning barchasi kremnezemning turlari. Qadim zamonlarda odamlar kremnezemdan oyna tayyorlashda foydalanishgan. Kremniy ikki turda: kristall hamda kukun holatida mavjuddir. Sof holdagi kremniydan deyarli foydalanib bo’lmaydi, shuning uchun undan aralashma tayyorlanadi. Kremniyning har xil birikmalaridan esa ko’pgina tarmoqlarda foydalaniladi. Masalan, qumning koks bilan birikuvidan karborud deb ataluvchi karbid kremniy tayyorlash mumkin. Bu, istisno tariqasidagi qattiq modda bo’lib, ta’mirlash va metallarni silliqlashda ishlatiladi. Kremniy po’latga ham qo’shiladi, chunki u po’latga ko’pgina foydali sifatlarni bag’ishlaydi. Po’latning tarkibida 2 foizdan 6 foizgacha kremniy bo’ladi. Po’latdan kimyoviy asboblarni tayyorlashda foydalanilganida albatta uning 6 foiz kremniyga ega bo’lgan navi ishlatiladi, buningdek po’lat navi korroziyaga — chirish, zanglashga chidamlidir. Tarkibida 2 foiz kremniy bo’lgan po’lat elektr jihozlar tayyorlash uchun juda qulaydir, chunki bunday elektr jihozlarida po’latni magnitlashtirish uchun energiya kam sarflanadi. Kremniy birikmalari kimyo sanoatida turli-tuman ehtiyojlar uchun qo’llaniladi.