Abulasvad Dualiy
Abulasvad Dualiy – (603-688, Basra) islom olimi, tobeinlardan. Asli ismi Zolim ibn Amr bo’lib, to’g’riso’z va hozirjavobligi bilan shuhrat qozongan. Hazrat Ali (k.v.) bilan birga Siffin jangida ishtirok etgan. Basrada qozilik qilgan. Nahv ilmiga asos solgan va Qur’oni karimning harflariga nuqtalar qo’yib chiqqan (avvalgi Qur’on nuqtalarsiz va harakatlarsiz bo’lgan). Abulasvad Dualiy Muhammad (s.a.v.) davrlarida islomga kirgan, biroq u zot bilan ko’risha olmagan.
O‘xshash so‘zlar
- Abulbaqo ibn Bahouddin
- Abulfath Alouddin Muhammad ibn Abdulhamid ibn Umar ibn Hasan ibn Husayn Usmandiy as-Samarqandiy
- Abulfazl maqbarasi, Saraxs bobo maqbarasi
- Abulhasan Ash’ariy
- Abulhasan Naysaburiy
- Abulqosim Hakim Samarqandiy
- Abulqosim madrasasi
- Abvo


