“BIRLA”
“BIRLA” (Birla) — Hindistondagi moliya-sanoat guruhi. Hindistonning yirik moliya magniti G. Birla nomi bilan atalgan. 19-asr o’rtalarida kredit-moliya kompaniyasi shaklida vujudga kelgan. Asosiy faoliyat sohalari — yengil sanoat, shuningdek rangli metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati, savdo va boshqalar (jami 50 dan ortiq tarmoq). Asosiy kompaniyalarning umumiy aktivlari 4,1 milliard dollar, savdo hajmi 3,8 milliard dollar, foydasi 111 million dollar (80-yillar oxiri).