O’QARIQ
O’QARIQ — ekinlarni sug’orishda shoxariqdan suv olib, uni bevosita egatlarga taqsimlab beruvchi muvaqqat ariq. Sharoitga qarab 25-30 santimet chuqurlikda 80-100 santimetr kenglikda egatlarga ko’ndalang qilib olinadi. O’qariqlar oralig’i yer nishabiga, uning suv singdirish xususiyatiga qarab 50-150 metr bo’lishi mumkin.