O’TA GALAKTIKA

O’TA GALAKTIKA, galaktikalar o’ta sistemasi — galaktikalarning ulkan (gigant) to’plami. Bir necha o’nlab guruhlarni va bir necha yuz yoki minglab to’dalarni tashkil etadi. Galaktika guruhlar va to’dalar, o’z navbatida, o’ta to’da yoki O’ta galaktika hosil qilishi mumkin. O’ta galaktika osmon gumbazining galaktik ekvatorni deyarli to’g’ri burchak ostida kesuvchi katta doirasi oldida yorqin galaktikalar to’planishi hodisasidan kuzatiladi. Bu doira atrofida osmon sirtining 10% ini tashkil qiluvchi 12° qalinlikdagi sohada 12yulduz kattaligidan yorqin bo’lgan barcha galaktikalarning taxminan 2/3 qismi joylashadi. Zaifroq galaktikalarga o’tgan sari ularning doira oldidagi to’planishi susayadi. To’plam (kontsentratsiya) doirasi orqali o’tuvchi tekislikni o’ta sistemaning simmetriya tekisligi deyish mumkin. Bizning Galaktika ham O’ta galaktikalardan biridir. Uning markazi Sunbula yulduzlar turkumida bo’lib, diametri = 30 — 40 megaparsek. Bu O’ta galaktika sohasi galaktika zichligi katta bo’lgan “simmetriya” tekisligiga ega (xuddi somon yolidek). Mahalliy galaktikalar guruhi bizning Galaktika bilan birgalikda O’ta galaktikaning chetki qismida joylashgan.