CHILI ARXIPELAGI

CHILI ARXIPELAGI – tinch okeandagi bir nechta tog’li orollar guruhining umumiy nomi, Chilining Janubiy g’arbiy qirg’oqlari yaqinida. Yirik orollari: Chiloe, Uellington, Santaines (eng baland joyi 1341 metr). Tez-tez zilzila bo’lib turadi. Qirg’oqlari qo’ltiq va buxtalar bilan kuchli parchalangan. O’rmonlari past bo’yli barg to’kuvchi daraxtlardan iborat, botqoq va yaylov o’simliklari o’sadi. Aholi o’rmonchilik va baliq ovlash bilan shug’ullanadi. Bosh shahri va porti — Ankud (Chiloe orolida). Milliy parklar tashkil etilgan.