TURKISTON OKSILONI
TURKISTON OKSILONI (Turkes tanioxylon) — ignabargli o’simliklarga mansub turkum. Qazilma holida topilgan. 1971 yilda o’zbek paleobotanigi R. Xudoyberdiyev Turkiston tog’ining shim. qismidagi yuqori bo’r qatlamidan bu o’simlikning toshga aylangan yog’ochini topgan. Uning anatomik tuzilishiga qarab Turkiston oksiloni degan yangi turkumni tavsiya qildi. Turkiston oksiloni hozirgi metasequoia va Seguoia turkumlariga o’xshash daraxtsimon o’simlik bo’lib, bu hududda 90 million yil oldin o’sgan.