IQTIBOS
IQTIBOS (Arabcha — ziyo olmoq), Tsitata — biror asardan so’zma-so’z olingan parcha. Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida qo’llaniladi. Iqtibos, asosan, ilmiy (ko’pincha gumanitar) va rasmiy nutqda ishlatiladi hamda qo’shtirnoq bilan belgilanadi yoki alohida harf bilan yoziladi; shuningdek, manbaga havola qilinadi. Bunday ko’chirmalar Foydalanuvchining fikri bilan qiyoslanganda uning mohiyatini to’g’ri tushunish imkonini beradi. Masalan, badiiy adabiyotning, so’zning g’oyaviy-estetik ta’sir kuchi, ahamiyatini quroldan ham kuchliroq ekanligi to’g’risidagi fikrni mustahkamlash maqsadida P. Tursunning “adabiyot zambarakdan zo’r” yoki A. Qahhorning “adabiyot atomdan kuchli” degan so’zlarini yoki bo’lmasa, “tig’ yarasi bitar, ammo til yarasi bitmas” maholini Iqtibos sifatida qo’llash mumkin. Iqtibosdan ko’p hollarda epigraf va shior o’rnida ham qo’llaniladi. Agar muallif fikriga zarar yetmasa, Iqtibosda orfografiya va punktatsiyani o’zlashtirish, so’z (so’zlar)ni tushirib qoldirish mumkin (bunda ko’p nuqta bilan belgi qo’yiladi).