INSTITUT
INSTITUT (lotincha institum — tartibot, muassasa) — 1) turli ixtisoslashgan o’quv yurtlari (o’rta, oliy, malaka oshirish tizimi), ilmiy tadqiqot, loyihalash va boshqa muassasalarning nomi; 2) jamiyatdagi ijtimoiy tartibotlarning muayyan doirasini o’z ichiga olgan huquqiy me’yorlar majmui. Keng ma’noda — ijtimoiy turmushni tashkil etuvchi va tartibga solib turuvchi ijtimoiy tuzilmaning bir unsuri — muassasalar, me’yorlar, qadriyatlar, madaniyat namunalari, qaror topgan fe’l-atvor shakllari majmui: iqtisodiy Institut (masalan, mulkchilik, ish haqi), siyosiy Institut (masalan, davlat, armiya, partiya), moliyaviy Institutlar (moliya va bank muassasalari) va shu kabilar.