INSTITUT

INSTITUT (lot. institum – tartibot, muassasa) — 1) jamiyatdagi ijtimoiy tartibotlarning muayyan doirasini o’z ichiga olgan huquqiy me‘yorlar majmui; 2) turli ixtisoslashgan o’quv yurtlari (o’rta, oliy, malaka oshirish tizimi), va boshqa muassasalarning nomi. Keng ma‘noda – ijtimoiy turmushni tashkil etuvchi va tartibga solib turuvchi ijtimoiy tuzilmaning bir unsuri – muassasalar, me‘yorlar, qadriyatlar, madaniyat namunalari, qaror topgan fe‘l-atvor shakllari majmui: iqtisodiy Institut (masalan, mulkchilik, ish haqi), siyosiy Institut (masalan, davlat, armiya, partiya), moliyaviy Institutlar (moliya va bank muassasalari) va hokazo