ISH ARALASHMASI
ISH ARALASHMASI – icki yonuv dvigateli tsilindrida yangi kiritilgan yonuvchi aralashma bilan oldingi tsikldan qolgan ishlangan gazlarning qo’shilishi natijasida hosil bo’ladigan aralashma; dvigatel tsilindrlarida yonib, ish bajaradi. Karbyuratorli dvigatelda Ish aralashmasi sham (svecha) bilan o’t oldiriladi, dizelda tsilindrda kuchli qisilishi natijasida qizigan havoda o’z-o’zidan alangalanadi.