KALVIN (CALVIN) MELVIN
KALVIN (CALVIN) MELVIN (1911.7.6, Sent-Pol, AQSh, Minnesota shtati)— amerikalik biokimyogar. Vashington Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Michigan tog’ishi va texnologiyasi kollejini tugatgan (1931). Berklidagi Kaliforniya universiteti professor (1947 yildan). Ilmiy ishlari fotosintezga oid. Kalvin o’simliklarning SO2 ni o’zlashtirish paytda sodir bo’ladigan biokimyoviy jarayonlar bosqichlarini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1961).