Kalvinizm

Kalvinizm — protestantizmdagi yo’nalishlardan biri. Asoschisi J. Kalvin. Reformasiya natijasida 16-asrda Jenevada vujudga kelib, Frantsiya, Niderlandiya, Shotlandiya, Angliya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Kalvinizm ta’limotiga faqat Muqaddas yozuvni tan olish, ilohiy qismatga ishonish, odamlarning najot topishida ruhoniylarning yordami zarurligini inkor etish, xoch va Ikonaga sajda qilishni rad etish, cherkov marosimlarini soddalashtirish (ibodat paytida diniy musiqa chalmaslik, sham yoqmaslik, cherkov devorlarida tasvirlar bo’lmasligi) xos. Kalvinizm bir necha tarmoqlarga bo’linib ketgan. Kalvinizmning hozirgi zamon tarafdorlari — kalvinistlar, reformatlar, presviterianlar, kongregasionalistlar.