Kalvin

Kalvin (Calvin, Calvinus) Jan (1509.10.7, Nuayon, Frantsiya — 1564.27.5, Jeneva) — Frantsiyada Reformasiya namoyandalaridan biri, kalvinizm asoschisi. Ruhoniy oilasida tug’ilgan. Diniy va yuridik ma’lumot olgan. M. Lyuter ta’sirida protestantizmga moy- il bo’lgan. 1534 i. protestantlar Fran- tsiyada ta’qib etilgach, Jenevaga keldi. 1541 y. Jenevaning diktatori (shahar hokimi) bo’lgach, o’z ta’limotini amalga oshirishga intildi. «Xristian dinidagi ko’rsatmalar» asarida (1536) kalvinizm asoslari ifoda etilgan. Qadimgi ahdni xristianlik haqiqatining yagona manbai deb hisoblagan. Cherkov va jamiyat xayoti- da Xudoga e’tiqod qilishni targ’ib etish K. faoliyatining asosini belgilaydi. K. o’ta diniy murosasizligi b-n ajralib turgan. U o’z ta’limotini Frantsiya, An- gliya, Niderlandiya, Germaniya, Vengriya va Polsha mamlakatlariga tarqatdi.