Kalka

Kalka (Frans. caique — nusxa, tak,lid) — boshqa til lug’aviy birli- gidan ona tili vositalari asosida nus- xa ko’chirish (so’zma-so’z tarjima qilish) natijasida yuzaga kelgan so’z, atama yoki birikma. K.ning ma’noviy va shakliy- ma’noviy turlari mavjud. Ma’noviy K. so’zning ohangi va so’z yasalish shakli jihatidan ona tiliga mansub bo’lsada, ma’no jihatdan chet so’zlarning ta’siri- ga bog’likdir: «maydon» (magnit maydo- ni) — «pole». Shakliy-ma’noviy K. o’zga tildagi ma’noni ifodalay oladigan un- surlar asosida ona tilida yangi lug’aviy birlik hosil qilishdir. To’liq va yarim shakliy-ma’noviy K.lar bo’ladi. To’liq K.da ona tilining o’z ichki imkoniyatla- ridan foydalaniladi (nadstroyka — ustqurma, mirovozzrenie — dunyoqarash, jeleznaya Doroga — temir yo’l). Yarim K. har ikki til unsurlaridan tashkil to- padi (polu-avtomat — yarim-avtomat). K. ijodiy jarayonda paydo bo’ladigan til hodisasi, shuning uchun tarjimondan katta mahorat talab qiladi. K. tilni boyitishning muhim omillaridan biri.