Kalmarlar

Kalmarlar (Teuthidae) — o’n oyoqli boshoyoqli mollyuskalarning ken- ja turkumi. Tanasining uz. 0,25—0,5 m. Ba’zi turlarining uzunligi paypas- lagichi b-n 18 m ga etadi. Tanasi cho’ziq, keyingi tomoni uchli, torpedasimon, bu esa suvda ham, havoda ham katta tezlik – da harakatlanishga (suvdan 7 m balandga sakray oladi) imkon beradi. Tanasining keyingi qismida 2 ta katta suzgichi bor. Boshi tanasidan yaqqol ajralib turadi, ko’zlari katta. 10 ta «qo’li» bor. Ular- dan 2 tasi «ov qo’llari» o’lja tutayot- ganda uzayadi va suzayotganda qisqaradi. Chig’anog’i rudiment, yupqa plastinkadan iborat bo’lib, mantiya ostiga yashiringan. Siyohxaltasi bor. K. rangi har xil: suv- ning chuqur qismida yashovchi turlarining rangi tiniq, nur sochuvchi organi bor. 300 ga yaqin turi ma’lum. Asosan, iliq, suv- li dengizlarda yashaydi. Uzoq Sharqda 30 ga yaqin turi bor. K. suv qatlamida yashab, baliqlar va umurtqasiz hayvonlar b-n oziqlanadi. Go’shti eyiladi ovlanadi.