KALTSIFEROLLAR

KALTSIFEROLLAR, vitamin D — yog’da eriydigan birikmalar; sterin- lar hosilasi. Antiraxit xossaga ega. Eng muhim K.: ergokaltsiferol (vitamin D2) va xolikaltsiferol (vitamin D3). Ulardan birinchisi ergosterin (Pro- vitamin D2) nurlantirish ta’sirida sun’iy sintezlanadi. Ikkinchisi odam va hayvonlar tanasida quyoshning Ultra- binafsha nurlari ta’sirida 7-degidro- xolesterin (provitamin D,)dan olinadi. K.ning asosiy manbai baliklar, kitlar va ba’zi b. hayvonlar jigaridagi yog’lar, nurlantirilgan achitqilar hisoblanadi. K. ichakda kaltsiy va fosfor almashi- nuvi, ularning buyrakda reabsorbtsiyasi (qayta so’rilishi)ni va bu tuzlarning suyak to’qimasidan chiqarib tashlanishini boshqaradi. Vitamin D ning etishmasli- gi skeletni minerallashtiradi (raxit va skelet to’qimasining yumshoq bo’lib qolishiga sabab bo’ladi). Vitamin D me’yoridan ko’p bo’lganda qonda miqdori ortadi. Bu vitamin yumshoq to’qimada to’planib boradi (gipervitaminoz). Vo- yaga etgan odam organizmida bir sutkada 2,5 mkg, bolalarda 12,5 mkg vitamin D sarflanadi.