Kaltsiy birikmalari

Kaltsiy birikmalari. Kaltsiy gidroksid, so’ndirilgan ohak, sa(on)2 — kuchli asos. Rangsiz kristall modda. Zichligi 2,34 g/sm3. Tabiatda portlantid minerali holida uchraydi. 1 va 0,5 molekula suvli kristallogidratlari ma’lum. Qizdirilganda suvini yo’qotib, kaltsiy oksid (Sao) ga aylanadi. Nam havoda karbonat angidrid bilan birikib kaltsiy karbonat hosil qiladi. Qurilishda, kimyo sanoatida (xlorli ohak, soda olishda), Metallurgiyada, qand va teri (ko’n) ishlab chiqarishda, qishloq xo’jaligida suvni tozalashda va boshqalarda ishlatiladi.