Kaltatoy

Kaltatoy — o’zbek urug’laridan biri. «Turk» etnik guruhining bo’linmalaridan. Kaltatoy bir qancha kichik urug’lar (muazzamini, maxatori, Mirzo kaltatoyga bo’lingan. Kaltatoy Farg’ona vodiysida, Nurota va Molguzar tog’larining shimoliy yon bag’irlarida, Zarafshon daryosining o’rta oqimlarida, Surxon-Qoratog’daryolarining yuqori va o’rta oqimlarida, Afg’onistonning tog’li rayonlarida (Ko’kchadaryo bo’ylarida) yashagan. Kaltatoylarning katta hududda tarqalib yashashi ularning o’tmishda ko’p sonli urug’bo’lganligidan darak beradi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Kaltatoylar batamom o’troqlashib, o’z urug’ nomini unutgan. Jizzax, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarda Kaltatoy nomi bilan ataluvchi qishloqlar bor.