Kaluga
Kaluga — RFdagi shahar, Kaluga viloyati markazi. Oka daryosi bo’yidagi pristan. T.y. stantsiyasi. Aholisi 361,5 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). K., dastlab, Litva knyazi Olgerd yorliqlarida 1371 y.da tilga olingan. U Moskva davlatining Jan.g’arbiy chegara- sidagi qal’a sifatida vujudga kelgan. 17-19-a.larda muhim savdo markazi. K. E. Tsiolkovskiy K.da yashagan va o’sha erda dafn qilingan. Shaharda «Kaluga tur- bina z-Di» birlashmasi, yo’l mashinala- ri va gidroprivodlar i.ch. birlashmasi, transport mashinasozligi, avtomotoe- lektr jihozlari, priborsozlik, radio jihozlari, radiolampa z-dlari ishlab turibdi. Yog’ochsozlik («gigant» birlash- masi) rivojlangan. Klavishli musiqa asboblari, qurilish materiallari ish- lab chiqariladi. Engil, kimyo sanoati tarmoqlari bor. Ped. in-ti, drama tea- tri, o’lkashunoslik, badiiy, K. E. Tsiol- kovskiy nomli kosmonavtika tarixi mu- zeyi va uning filiali — Tsiolkovskiy uy-muzeyi mavjud.