KARPXO’RLAR
KARPXO’RLAR, karp bitlari (Branchiera) — qisqichbaqasimonlar turkumi. Baliqlar va qisman amfibiyalar terisida yashaydi, qon bilan oziqlanadi (ektoparazit). Tanasi yassi, uch juft boshoyoqlari o’zgarib, yopishish organiga aylangan. Tanasi 3 santimetrga yaqin. 50 tacha turi ma’lum. Karp biti (Argulus foliaceus) baliqchilikka katta ziyon yetkazadi.
O‘xshash so‘zlar
- Karqurlar
- Karrali birliklar
- Karrali integral
- Karrali nisbatlar qonuni
- KARRALI SON
- Karrali yulduzlar
- Karri jangi
- Karromiylar


