Karqurlar

Karqurlar (Tetrao) — tovuqsimonlar turkumiga mansub yirik qushlar urug’i. Urchish davrida sayrayotgan narining qulog’i bir necha sekund bitib, tamoman eshitmasdan qoladi (nomi shundan olingan). Uzunligi 56-85 santimetr, vazni 4-5,5 kilogramm, ba’zan 6,5 kilogrammgacha. 2 turi Yevrosiyo o’rmonlarida: Karqurlar (T. urogallus) Sharqiy Karpatdan Baykalgacha, tosh Karqurlar (T. parvirostris) — Baykaldan Kamchatkagacha tarqalgan. Poligam. Yerda, qishda daraxtda yashaydi. Qarag’ay, kedr, ba’zan qoraqarag’ay qubbalari, tilog’och va qayin kurtaklari bilan oziqlanadi. Ovlanadi. O’rmonlarning kesilishi tufayli soni kamayib bormoqda.