JEKSON (JACKSON) ENDRYU

JEKSON (JACKSON) ENDRYU (1767.15.3, Ueksxou — 1845.8.6, Xermitij, Tennessi shtati) — AQShning 7-prezidenti (1829-37); Florida shtati gubernatori (1821); senator (1823). Demokratlar partiyasi asoschilaridan (1828). Jekson davrida saylovda yutib chiqqan partiya tarafdorlariga rasmiy lavozimlarni berish tizimi joriy etilgan.