JELE
JELE (Fransuzcha gelee) — shirinlik; nok, olma, olxo’ri va boshqa rezavorlar sharbatlaridan tayyorlanadi. Sharbat qaynatilib, qiyomga shakar, sovuq suvga solib qo’yilgan jelatin qo’shiladi. Tarkibida 65-70% moddasi qolguncha qaynatiladi. Jele issiq holatda 75-80% haroratda shakl beriladigan idishlarga solinib sovitiladi. Jele tiniq bo’lib, qaysi meva sharbatidan olingan bo’lsa, uning rangi, ta’mi va xushbo’yligi saqlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Jeleznovodsk
- Jelez (i), bez (i) nima degani
- Jelezi meybomnevi, meybomiy bezchalari nima degani
- Jelez vnutrenney sekretsii, ichki sekretsiya bezlari nima degani
- Jem
- Jemsonit
- Jeneva
- Jeneva bitimlari

