JUFT KUCH
JUFT KUCH — miqdor jihatdan teng, qarama-qarshi tomonga yo’nalgan, ustma-ust tushmaydigan parallel kuchlar. Kuchlarning ta’sir chizig’i orasidagi eng qisqa masofa Juft kuch yelkasi, bu chiziq orqali o’tuvchi tekislik Juft kuch tekisligi deyiladi. Juft kuchning qattiq jismga mexanik ta’sirini ifodalash uchun Juft kuch momenti qabul qilingan. U erkin vektor bo’lib, uchidan qaraganda soat mili harakatiga teskari yo’nalgan, miqdor jihatdan esa Juft kuchni tashkil qiluvchi kuchlardan birining moduli bilan uning yelkasi ko’paytmasiga teng. Gayka kalit bilan buralganda Juft kuch hosil bo’ladi. Kalit gaykaning qaysi yoqlariga qo’yilishiga qaramay, uning gaykaga ta’siri o’zgarmaydi.