JA’FAR IBN MUHAMMAD AL- HUSAYNIY

JA’FAR IBN MUHAMMAD AL- HUSAYNIY (15-asr) — xurosonlik tarixchi. Temuriylardan Boysung’urga bag’ishlab “Muntaxab ut-tavorix” (“tanlangan Solnomalar kitobi”) nomli asar yozgan (1416). U fors tilida bitilgan bo’lib, dastlabki odamning yaratilishidan to Shohrux hukmdorligi davrigacha bo’lgan voqealarni bayon qiladi.