Ja’farova Tursunxon Yo’ldoshevna

Ja’farova Tursunxon Yo’ldoshevna (1915.15.8, Namangan – 1997.17.3, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1952). 1931-40 yillarda Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1941 yildan Muqimiy teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Halima («Halima»), Layli («Layli va Majnun»), Gulsara («Gulsara»), Nurxon («Nurxon»), Oftobxon («Oftobxon»), in Sen («38-parallel janubrog’ida»), Risolat («Toshbolta oshiq»), Nodira («Nodira»), To’lg’anoy («Momo yer»), Lutfi xoda («ona qizim»), Zuhra, Mastura satang, («Paranji sirlari»), Bibi («Guli siyoh») va boshqalar. Ja’farova ijodi kuchli dramatizm, aniq sahna harakati, yorqin ifodaviylik, badiiy tugal talqini bilan, qaxramonlarining ma’nan boyligi, ayollik nazokati-yu, fikru mulohazasining teranligi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ja’farova bir qancha filmlarda ham suratga tushgan: Xola («uchrashuv»), ona («o’n uch terak ko’chasi»), buvi («Shashmaqom»; «buvimni qaytaring»), Farmonbibi («Kelinlar qo’zg’oloni») va boshqalar shular jumlasidan.