HAYDAROBOD
HAYDAROBOD – Pokistonning Janubiy-Sharqiy qismidagi shahar. Aholisi 1,16 million kishi (1998). Transport yo’llari chorrahasi. Hind daryosi bo’yidagi port. Mamlakatning muhim savdo-sanoat Markazlaridan. Ip gazlama, tikuvchilik, tsement, ko’n-poyabzal, kimyo, oyna-shisha, oziq-ovqat, tamaki sanoati korxonalari mavjud. mashinasozlik va metallsozlik korxonalari ishlab turibdi. Qishloq xo’jalik va elektrotexnika buyumlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan: qo’lda gilam, matolar to’qiladi. Qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Sindh universiteti bor.