Haydarov O’tkirbek Abdujalilovich

Haydarov O’tkirbek Abdujalilovich (1974.25.1, Andijon shahri) — bokschi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (2000), «O’zbekiston iftixori» (1999). 75 va 81 kilogramm vazn toifalarida O’zbekiston (1996, 1998, 2000), Osiyo (2002, Seremban), Osiyo o’yinlari (2002, Pusan) va Afro-Osiyo o’yinlari (2003, Haydarobod) chempioni. Jahon chempionatining oltin (1999, Xyuston), kumush (2001, Belfast) va bronza (2005, Xitoy) medali sovrindori, yaxshi niyat o’yinlari (2001, Brisben) va olimpiada o’yinlari (2004, Afina)ning bronza medali sohibi. Andijon universitetini tugatgan (2002), «Dinamo» sport jamiyatida boks bo’yicha yo’riqchi (1996-2000). 2000 yildan Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi. «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2004).