GAUMATA
GAUMATA (soxta Bardiya) — Midiyalik mubod (kohin), Axomaniylar podshosi Kambis (Kir II o’g’li)ga qarshi chiqqan. U o’zini Kambis tomonidan yashirin ravishda o’ldirilgan Kirning kenja o’g’li — Bardiya deb atab, miloddan avvalgi 522 yil taxtni egallab olgan. Doro I rahbarligidagi fitnachilar tomonidan taxtdan ag’darilib, qatl etilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Gauptman (Hauptmann) Gerxart
- GAUPTVAXTA
- Gaur
- GAURLI
- Gausmanit
- GAUSS
- Gauss (Gauss) Karl Fridrix
- GAUSS FORMULASI











