GELONLAR
GELONLAR — miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalarida Skifiyada yashagan qad. kabila. Gerodotnshg fikriga ko’ra, Gelonlar yunon shaharlaridan budinlar eriga ko’chib kelgan ellinlar bo’lib, bu erda yog’ochdan Gelon shahrini bunyod etganlar; ular dehqonchilik, bog’dorchilik bilan shug’ullanishgan, skiflarning axomaniylar podshosi Doro I bilan bo’lgan urushida qatnashganlar. Olviyalik yunonlar Gelonlarni mahalliy qabila, budinlarning bir qavmi deb hisoblashgan.