GENIY
GENIY (lotincha genius) — 1) Rim mifologiyasida dastlab ma’bud, urug’ning bobokaloni, keyinchalik erkaklik xudosi, erkak botiniy kuchi va qobiliyatlarining mujassami. Har bir erkak o’z Geniysiga ega, deb hisoblangan. Geniy erkak fe’l-atvorini shakllantiradigan, uni umr davomida muhofaza qiladigan ezgu kuch sanalgan. Rimliklar Geniy timsolida oila, jamiyat, shahar va butun Rim xalqining homiylarini ham e’zozlaganlar; 2) oliy darajadagi ijodiy qobiliyat sohibi.