GORDION
GORDION — Frigiya davlatining qadimgi poytaxti (Sangariya daryosining o’ng qirg’og’ida, Turkiyaning Bebi qishlog’i yaqinida). Arxeologik qazishlar natijasida undan miloddan avvalgi 8-5-asrlarga oid tosh va xom g’ishtdan ishlangan mudofaa devorlari, turar joylar, juda ko’p maishiy buyumlar, qabriston topilgan. Gordiondan topilgan mozor qo’rg’onlar qadimgi Skiflarnikiga o’xshash bo’lgan. Gordion miloddan avvalgi 7-asrda kimmeriylar tomonidan vayron qilingan.