SORTAMENT
SORTAMENT (Fransuzcha assortir — saralash, tanlash), sortiment — Mahsulotning markasi, o’lchami va shakli bo’yicha tarkibi. “Sortament” termini, asosan, metallurgiyada metall prokatlar (masalan, relslar)ga nisbatan, “sortiment” esa yog’och materiallar ishlab chiqarishda yog’och buyumlarga nisbatan qo’llaniladi.