Sosiolingvistika

Sosiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sosiologiya (jamiyatshu- noslik), ijtimoiy psixologiya va etn. fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ij- timoiy vazifalari, ijtimoiy omillar- ning tilga ta’sir ko’rsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan o’rni bilan bog’liq ko’plab muammolar majmuini o’rganuvchi ilmiynazariy soha. Ushbu muammolarning ayrimla- ri (mas, «til va jamiyat») umumiy til- shunoslik doirasida ham o’rganiladi. S.ning fanlararo maqomi u foydala- nadigan tushunchalar majmuida namoyon bo’ladi. Chunonchi, sosiolingvistik tax- lilning asosiy tushunchasi deb karala- digan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniklanadi. S.ning eng muhim tushunchalari- dan biri lisoniy vaziyat tushunchasi bo’lib, u muayyan etnik birliklar yoki ma’muriyhududiy birlashmalarda mu- omalaaloka izchilligini ta’minlay- digan tilning (tillar, mintaqaviy umumiy tillar, hududiy va ijtimoiy lahjalarning) yashash shakllari majmui sifatida ta’riflanadi. Lisoniy vazi- yatning ekzogloss (turli tillar majmu- lari) va endogloss (muayyan bir tildagi kichik tizimlar majmulari) guruxlari farklanadi. Hozirgi S. e’tibor qaratishi za- rur bo’lgan eng muhim muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin: til va millatning o’zaro ta’sirlashuvi; til va madaniyatning aloqasi va o’zaro ta’sir- lashuvi; bilingvizm (ikki tillilik) va diglossiya (bir tilning birbiriga ij- timoiy qarshi qo’yilgan turli xil kichik tizimlarining o’zaro ta’siri)ning ij- timoiy jihatlari muammosi; til siyosa- ti muammosi (davlat, ijtimoiy guruhlar tomonidan tillarning yoki til tizimcha- larining funktsional taqsimlanishini o’zgartirish yoki saklab qolish maqsadida, yangi lisoniy me’yorlarni joriy qilish yoki eskilarini saqlab qolish maqsadida amalga oshiradigan choratadbirlar maj- mui) va b. O’zbekistonda fan sifatida S. va so- tsiolingvistik tadqikrtlar endigina rivojlanib kelmoqsa. O’tgan asrning 70— 80y.laridagi ayrim sosiolingvi- stik izlanishlar bir tomonlama — o’sha vaktdagi til siyosati nuqtai nazari va talablari asosida olib borilgan.