Sochma konlar

Sochma konlar — tub konlari- ning fizik va kimyoviy emirilishidan hosil bo’lgan tog’jinslari, mineralla- ri va ruda bulaklarining er yuzasi ay- Rim joylarida qayta to’planishi. S.k. ko’chish va nurash jarayonlariga chidamli bo’lgan minerallar (olmos, oltin, plati- na, kasseterit, monasit, Rubin, sapfir, ilmenit, tsirkon, kahrabo va b.) hosil qiladi. S.k. shagal qumtosh va qumlar tarqalgan joylarda vujudga keladi. Bu qimmatbaho minerallarning o’lchamiga ko’ra, ularni qazib olish iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi. Pay- do bo’lish jarayoniga ko’ra, ellyuvial, delyuvial, prolyuvial, allyuvial, lito- ral, glyasial va eol (barxan) turlariga bo’linadi. SK.ning ayrim genetik tur- larda hosil bo’lishidagi ketma-ketlik doimo saqlanavermaydi; ba’zan bunday jarayon oldingi bosqichlarning birida tugaydi. Hosil bo’lish vaqtiga ko’ra, qad. (mezozoy, paleozoy va tokembriy), odat- da, qaziladigan to’rtlamchi (antropogen) va hozirgi S.k. farq qilinadi. S.k. yotish sharoitiga ko’ra yuzadagi va ko’milgan; tarkibiga ko’ra bir yoki ko’p mineralli; tuzilishiga ko’ra bir qatlamli va ko’p qatlamli; shakliga ko’ra plashchsimon, qatlamqatlam, linzasimon, uyasimon S.k.ga bo’linadi. S.k.ning uzunligi yuz- lab m dan bir necha km ga, eni bir necha m dan o’nlab m ga, qalinligi esa bir necha sm dan o’nlab m ga etadi. S.k.dan 50% ga yaqin olmos, titan, oltin va qalay, 10% cha platina, 100% titan minerallari va kaqrabo ochiq yoki yopiq usulda qazib oli- nadi. Ko’p yillab to’ngib yotgan joylarda 10-15 m dan ortiq chuqurlikdagi S.k. va muzi erigan joylarda 15-40 m dan ortiq chuqurlikdagi S.k.ning foydali kazilma- lari yopiq usulda qazib olinadi. Konlar- ni mexanizasiyalashtirilgan ochiq usulda qazish keng tarqalgan bo’lib, bu usulda 15-18 m chuqurlikdagi, dragalar yorda- mida esa 60 m gacha chuqurlikdagi foyda- li qazilmalar qazib olinadi. Tarkibida qum bo’lgan tog’jinsi gravitasion boyi- tish qurilmasiga tushadi, unda tog’jin- si suv oqimida yuviladi va oltin, plati- na, olmos, optik kvars va b. kristallari, rangli metallar kontsentratlari ajra- tib olinadi. RF (Kolima va Chukotka) va AQShdagi (Alyaska va Kaliforniya) ol- tinli, JARdagi olmos, Malayziya, in- doneziya, Tailand, Myanmaning dengiz sohilidagi kassiterit, Ukraina, Avstra- liya, Hindiston, AQShdagi titan mine- rallari, Namibiyadagi olmos S.k. yirik konlar hisoblanadi. O’zbekistonning Nurota va Chatqol tizmalari vodiylari- da turli mikyosdagi S.k. mavjud. Shim. Nurota tog’lari bag’ridagi Kattaich va OK- chop soylari o’zan va qayirlaridagi S.k. oltin sochma konlari sirasiga kiradi.