Sosoniylar davlati

Sosoniylar davlati – yaqin va O’rta Sharqsa sosoniylar sulola- si boshqargan davlat (3-7-a.lar). 224 y. Ardashir I Parfiya shohi Artabon V ni mag’lubiyatga uchratib, 226 y. poytaxt Ktesifon sh.ni egallab, yangi davlat taxtiga utiradi. Bu davlatning barcha hukmdorlari «shahanshoh» unvoni bi- lan taxtni boshqarganlar, davlat esa Eronshahr («oriylar podsholigi» yoki «eroniylar shoxligi») deb atalgan. Eron, uning G’arb va sharqidan hududlar (Arda- shir I va Shopur I davrida) birlashtiril- gan. S.D.da shoxlar koxinlarga tayanib ish ko’rishgan, yangi otashkada («olov saroy- lari») bunyod etilgan, Ardashir I davri- da zardushtiylik davlat Di ni deb e’lon etilgan, zardushtiy ruhoniylar davlatda katta siyosiy, iktisodiy ta’sir kuchi- gaega bulishgan, boshqa dinlar ta’qib qilingan. 3-a.ning oxiri — 4-a.ning boshlarida S.D. inqirozi boshlangan. Bahrom II Rim bilan bo’lgan jang (282 y.) da mag’lubiyatga uchragan. S.D. Sharkdagi bir qancha viloyatlaridan ajragan. Sho- pur II davrida ular qayta bosib olin- gan. Mesopotamiyaning ayrim r-nlari, Armaniston podsholigining bir qismi Rim bilan bo’lgan urushlarda S.D. tobe- ligiga o’tgan. Shopur II davrida S.D. Mar- kazlashtirilgan, majusiylik kuchaygan. S.D. Sharqiy va shim. qabilalar birlash- masi (xioniylar, kidariylar va b.)ga qarshi 5-a. o’rtalarigacha muvaffaqiyatli kurash olib borgan, lekin eftaliylar bilan bo’lgan jangda engilgan, shoh Fe- ruz o’ldirilgan (484). Natijada Marv- dan Sharqda bo’lgan erlaridan ajrab, eftaliylarga og’ir soliq to’lash maj- buriyatini olgan. S.D. aholisi rasmiy ravishda 4 tabaqaga: kohinlar, harbiy zodagonlar, amaldorlar hamda dehqon va hunarmandlarga bo’lingan. 3-a.da mo- niylik, 5-a.da mazdakiylik diniy ta’- limotlari keng tarqalgan. Mazdakiylar harakati tormor etilgach, S.D. shohlari bir necha islohotlar o’tkazganlar. Qubod I va Xusrav I davridagi soliqlar 5-a.dagi soliqlardan ancha engil bo’lgan. Kohinlar va yirik er egalari mulki «oddiy jang- chilar» foydasiga musodara qilingan. S.D. iqtisodiy tomondan 6-a. boshida ancha rivojlangan, tashqi siyosatda ham katta yutuklarga erishgan. S.D. 558-568 y.larda eftaliylarni engib, Amudaryo- ning so’l qirg’og’i va Afg’onistondagi katta hududni o’ziga qo’shib olgan, Yaman zabt etilgan (570 y.). S.D. hududiga bo- stirib kirgan turklar tormor etilgan (589 y.). Taxt uchun kurash avj olgan, 20 y. davom etgan urushlar S.D.ning iqtisodi va siyosiy qudratiga putur etkazgan. Eron madaniyati sosoniylar davrida juda yuk- salgan. Yazdigard III davrida (632-651) S.D.ni arablar bosib olgan. Ad.: Istoriya stran zarubejnogo vos- toka v srednie veka, M., 1957; Pigulev- skaya N.V. i dr., Istoriya Irana s drev- neyshix vremen do kontsa XVIII veka, L., 1958; Lukonin V. G., Kultura sasanid- skogo Irana, M., 1969.