Sonlar nazariyasi

Sonlar nazariyasi — matema- tikaning butun, rasional va algebraic sollarning xossalarini o’rganish bilan shug’ullanadigan bo’limi. S. n. qadimdan bevosita arifmetikaning rivojlani- shidan vujudga kelgan. Pifagor (mil. AV. 6-a.) maktabida butun sonlarning bo’linishi, mukammal sonlar struktura- si o’rganildi, sonlar sinflar (mas, tub sonlar, murakkab sonlar, kvadrat son- lar)ga ajratildi. l^qu^tenglamaning butun sonlarda echimi berildi (q. Pi- fagor sonlari). Yunon matematiklari Evklid, Eratosfen va Diofantnmt ish- lari S.n.ga bag’ishlangan edi. S.n.ning ayrim masalalari Xitoyda (2-6-a. lar) va Hindistonda (7— 12-a.lar) ham o’rganilgan. Evropada S. n.ning ravnaqi Fran- suz matematigi P. Ferma (17-a.) ishlari bilan boshlandi. L. Eyler (18-a.) funk- tsional katorlar bilan ayrim cheksiz ko’paytmalar orasidagi ayniyatlarni isbotlab, analitik S. n.ga asos soldi va S.n.ning ko’p tasdiklarini isbotlab berdi. Eyler g’oyalari taqqoslash naza- riyasining rivojlanishiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Avval S. n. ayrim na- tijalarning to’plami bo’lsa, nemis ma- tematigi K. Gaussning ishlaridan key- in u muntazam nazariyaga aylandi. Gauss taqqoslash nazariyasini yaratdi, forma- lar nazariyasiga asos soldi. Hoz. zamon S. n.ni asosan, 4 qismga bo’lish mumkin: elementar usullar (bu qismga oid usul- lar faqat elementar mat. va cheksiz ki- chiklar analiziga asoslanadi), analitik S.n., algebraik S.n. (rasional sonlar maydoni ustidagi algebraik sonlarni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan masalalar, sinflar maydonlarining nazariyasi, o’zarolik qonunlari va b.ni o’z ichiga ola- Di); Diofant tenglamalari va Diofant yaqinlashishlari (bu qismga algebra va analiz usullari bilan yuqori darajali Diofant tenglamalari echimlarining sonini va chegaralarini topish hamda haqiqiy koeffisientli tengsizliklar- ni yoki bunday tengsizliklar tizimini butun sonlarda echimini topish masala- lari kiradi). S.n.ning dalil va g’oyalari mat. ning qismlari ham tatbiqlarida, mas, haqiqiy o’zgaruvchining funktsiyalari na- zariyasi, ehtimollar nazariyasi, karrali integrallarni taqribiy hisoblash, ma- shinaviy mat., kristallografiya hamda uzatuvchi mexanizmlar nazariyasida qo’llaniladi. Ad.:Xacce G., Lektsiya po teorii chi- sel, Per. s nem., M., 1953; Vinogradov I. M., Sonlar nazariyasi asoslari, T., 1965; Ojigova E. P., Chto takoe teoriya chisel, M., 1970; Postnikov A. G., Veroyatnost- Naya teoriya chisel, M., 1974.