FIZIK KIMYO

FIZIK KIMYO — kimyoviy hodisalarni tushuntirish va ularning qonunlarini fizikaning umumiy printsiplari asosida aniqlab berish bilan shug’ullanadigan fan sohasi. Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kataliz, sirt hodisalari, eritmalar, kvant kimyosi haqidagi ta’limotlar, molekulalar, ionlar, radikallarning tuzilishi va xossalari to’g’risidagi ta’limotlar Fizik kimyoning asosiy bo’limlari hisoblanadi. Fizik kimyo deyarli mustaqil bo’lim sifatvda elektrokimyo, fotokimyo, kristallokimyo, radiasion kimyo, fizik kimyoviy analiz kabi bo’limlarni ham o’z ichiga oladi. 1840 yilda G.I.Gess Fizik kimyoning asosiy qonunlaridan biri — kimyoviy o’zgarishlarda issiqlik yig’indisining doimiyligini kashf qildi. 19-a.sr o’rtalarida P Bertlo va daniyalik termokimyogar X.Tomsen reaktsiya issiqliklari haqidagi tasavvurlari bilan Fizik kimyoga katta hissa qo’shdilar. Nemis olimi V. Ostvald 1887 yil Leypsig universitetida ilk bor Fizik kimyo kafedrasini tashkil qildi. Fizik kimyo 19-asr oxirlarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Fizik kimyoning 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida rivojlanishining o’ziga xos tomoni makroskopik, ya’ni bevosita tekshirilayotgan sistema va jarayonlarni o’rganishdan iborat bo’ldi. Ideal gazlar holat tenglamasi uzilkesil aniklab berildi (B. Klapeyron, Ts.I.Mendeleev). Termodinamika qonunlari kimyoviy va fazalar muvozanatlariga tatbiq etildi (J.Gibbs, Ya.VantGoff, V.Nernst, A.Le Shatele, N.S.Kurnakov, G.Tamman), makroskop ik kinetika asoslari (K.Guldberg, P.Vaage, N.I.Beketov, Ya.VantGoff) ishlab chiqildi, reaktsiyaning aktivlanish energiyasi xakidagi tasavvur kiritildi (S. Arrenius). M.Faradey asos solgan kataliz haqidagi tasavvur yanada rivojlantirildi. Adsorbtsiyaning asosiy krnunlari ta’riflab berildi (J.Gibbs).Suyultirilgan eritmalarning termodinamik nazariyasi olg’a suriddi (F.Raul’, Ya.VantGoff, Ts.P.Konovalov). Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi yaratildi (S.Arrenius). Galvanik elementlar uchun elektrod potentsiallari tushunchasi kiritildi (V. Nernst). Fizik kimyoning shu taraqqiyot bosqichida qo’lga kiritilgan tadqiqot natijalari sanoatga tatbiq etildi (ammiak sintezi, tuz qazib olish, ba’zi metallurgiya jarayonlari, haydash, rektifikatsiya va boshqalar). 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida tibbiyot fanlari sohasidagi yirik kashfiyotlar — rentgen nurlari, elektron, radioaktivlik hodisasining ochilishi, spektroskopiyaning rivojlanishi Fizik kimyoning yangi bosqichi uchun zamin bo’ldi. Elektronlarning atom va molekulalarda harakatlanishi qonunlarining (kvant mexanika krnunlari) ochilishi kvant kimyosining paydo bo’lishiga olib keldi, bu o’z navbatida, kimyoviy bog’lanish, valentlik, kimyoviy birikmalarning tuzilishini yangicha talqin qilib berishga imkoniyat tug’dirdi. Fizik kimyo turli fizikaviy eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanib, kimyoviy reaktsiyalarning molekulyar mexanizmini mufassal tushuntirib berdi. Fizik kimyo anorganik, organik va analitik kimyo sohasidagi tadqiqotlar uchun ham, kimyoviy texnologiyaij ishlab chiqarish uchun ham nazariy asos bo’ldi. 20-asrning 50— 70-yillarida Fizik kimyoning ko’pgina sohalari tez rivojlandi va molekulalar, ionlar, radikallarning turli fizikkimyoviy jarayonlardagi tabiatini muftassal o’rganadigan yangi yo’nalishlar vujudga keldi. Dissotsiatsiya, ionizatsiya va fotoionizatsiya energiyasi tadqiq qilindi. Elektr razryadlaridagi reaktsiyalar, quyi temperaturali plazmadagi jarayonlar (plazmalar kimyosi), sirt hodisalarining qattiq jismlar xossalariga ta’siri (fizik kimyoviy mexanika) muvaffaqiyatli o’rganildi, polimerlar Fizik kimyosi gazlar elektrokimyosi va boshqalar rivojlandi. O’zbekistonda Fizik kimyoning rivojlanishida Q.U.Usmonov, H.R.Rustamov, N.A.Parpiyev va boshqalarning xizmatlari katta. Ad.: Etkins P., Fizicheskaya ximiya, Per. Sang.,t. 12, M., 1980; Axmerov K,., O’zbekiston kimyogarlarining muvaffaqiyatlari, T., 1987; Rustamov H.R., Fizik kimyo, T., 2000. Qudrat Axmerov.