KALTACHA
KALTACHA — ayollarning ustki kiyimi. O’rta Osiyo (asosan, o’zbek, tojik) ayollarining uzun, oldi ochiq, keng yengli, avra-astarli (ba’zan yupqa paxta solib qavilgan) qadimgi kiyimi. Beqasam, kimxob, baxmaldan tikilgan, yoqasiz (yoqa o’rnida jiyak yoki sidirg’a shoyi, adrasdan adip tutilgan), beli qisiq (tor) bo’lgan. Buxoroda Kaltachaning yoqasi, old qismi, etak, eng uchlariga zardo’zi gul tikib, atrofiga jiyak tutilgan. 20-asr boshlaridan marosim (aza)larda kiyiladi. Urfdan qolgan.