MALAGASILAR

MALAGASILAR (malgashlar) — xalq. Madagaskarning asosiy aholisi. 12,79 million kishi (1990- yillar o’rtalari). Ozgina qismi Reyunonda, Seyshel va Komor orollarida yashaydi. Malagasi tilida so’zlashadi. Ko’pchiligi an’anaviy diniy e’tiqodlarga sig’inishadi. Xristian va sunniy Musulmonlar ham bor.