Malakka sultonligi

Malakka sultonligi — Jan Sharkiy Osiyodagi malayyalar daaaati (1402/03—1511). Markazi — Malakka. Ravnaq topgan davrida (15-a.ning 2-yarmi) uning tarkibida Malakka ya.o., Riau, Lin- ga arxipelaglari, Sumatraning Sharqiy qirg’og’i kirgan. Asoschisi — Majapa- xit shahzodasi Parames-vara. 1424-45 y.larda M.s.da hinduizm va Islom ta- rafdorlari o’rtasida liniy nizolar so- dir bo’lgan. 1445 y. bu kurashda Islom ta- rafdorlari g’olib chiqqan va taxtni roja Kosim egallagan; u Muzaffarshoh 1 nomi b-n Malakkaning 1 sultoni bo’lgan. Shu davrdan e’tiboran M.s.dagi hokimiyat eski Malayya-yapon zodagonlari qo’lidan musulmon savdogarlari b-n ittifoq bo’lgan yangi mulkdorlar qo’liga o’tgan. M.s. kuchli markazlashgan davlat bo’lgan. Savdo, ayniqsa, tashqi savdo juda kata rol o’ynagan. Hindiston, yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari Malakka porti orqali Xitoydan ipak, Malayya arxipe- lagidan ziravorlar tashigan. M.s.dan qo’shni davlatlarga qalay chiqarilgan. . M.s. Jan.-Sharqiy Osiyoda Islom dinini tarqatishning markazi bo’lgan. M.s. mav- jud bo’lgan davri — Malayya madaniyati- ning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Malayya tili — Jan.-Sharqiy Osiyoning kundalik tiliga aylangan. M.s.dagi o’zaro ichki nizolardan foy- dalangan portugaliyalik mustamlakachi- lar 1511 y. D’Albukerki qo’mondonligida M.s.ni tugatgan.