Malay arxipelagi

Malay arxipelagi — er yuzida- gi eng yirik orollar to’plami, Osiyoning materik qismi b-n Avstraliya oralig’ida. Jami 10 mingdan ortiq orollardan ibo- rat bo’lib, umumiy mayd. 2 mln. km2 ga yaqin. Katta zond orollari, kichik zond orollari, Filippin va b. bir necha may- da orollardan iborat. M. a.da Indoneziya, Malayziya va Filippin davlatlari joy- lashgan. Re-lefi, asosan, tog’li, 100 dan ortiq harakatdagi vulkan bor. Tez-tez zilzila bo’lib turadi. Eng baland joyi 4101 m (Kalimantan o.dagi Kinabalu tog’i). Yirik qalay konlari bor; neft, gaz, temir, nikel, mis, volfram, marga- nes rudalari, boksit qazib chiqariladi. Iklimi ekvatorial va subekvatorial, tekisliklarda yil davomida t-ra 23— 26°. Yiliga 1000-2000 mm, tog’larda 5000 mm gacha yog’in yog’adi. Daryo ko’p. Da- ryolari sersuv, biroq kiska, ba’zilarida kema katnaydi. Tuproga kizil, qizil- ko’ng’ir, tog’larda qo’ng’ir va tog’-o’tloqi, vodiylarda allyuvial tuproq. Tekislik va past tog’lar 1200-1300 m gacha sernam torpik o’rmonlar, undan yuqorisi sub- tropik o’rmonlar b-n qoplangan. Ba’zi joylar musson o’rmonlari va savanna- lardan iborat. Daryo vodiylari va den- giz sohillarida mangra o’rmonlari bor. Tekisliklarning katta qismi ekinzor. Flora va faunasi turlarga boy. Ularning 30-35% endemik turlar. Faunasining eng xarakterli vakillari: odamsimon va itsimon maymunlar, fil, karkidon, ma- lay ayig’i, malay kizil bo’risi va b. M. a.ning hayvonot dunyosi Malay va Papua kichik oblastiga mansub.