Malagasi tili

Malagasi tili, malgash tili — avstronez tillari oilasidagi Indo- nez tillari tarmog’iga mansub, mada- gaskar o.da, unga yaqin bo’lgan Komor va Seyshel o.larida tarqalgan til. Fran- suz tili b-n birga Madagasskar Respu- blikasining rasmiy tili hisoblanadi; unda 10 mln. dan ortiq kishi so’zlashadi. M. t. g’arbiy va Sharqiy guruh lahjalarga bo’linadi. Sharqiy guruhdagi merina lahjasi adabiy tilga asos bo’lgan. Fonetik tizimdagi 5 ta (i, e, a, o, i) unli, 20 ta undosh va AO, ai, oi, ei, dif- tonglari mavjud. Fe’l nisbatlari tizi- mi ancha rivojlangan. Zamon kategoriyasi morfologik usulda — affikslar yorda- mida ifodalanadi. Otlarda jins, son, kelishik kategoriyalari mavjud emas. II shaxs olmoshlari so’zlovchi va tinglovchi- ning jinsi, ijtimoiy mavqeiga qarab 7 tagacha bo’ladi. Sintaktik jihatdan kesim, odatda, ran boshida, ega ran oxi- rida, aniklovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Lug’at tarkibida sanskrit, Arab, suaxili tillaridan o’zlashmalar anchagi- na. Rivojlanish jarayonida M. t.ga Arab tili, keyinchalik frantsuz tili sezi- larli ta’sir ko’rsatgan. 19-a. boshigacha Arab yozuvi, 19-a. boshlaridan esa lotin yozuvi qo’llaniladi.