Malabo

Malabo (1973 y.gacha Santa-Isa- bel) — Ekvatorial Gvineya Respubli- kasi poytaxti. Bioko o.da joylashgan. Ikdimi ekvatorial iqlim, yillik o’rtacha t-ra 25,4°; yiliga 200 mm chama- sida yog’in yog’adi. Aholisi 40 ming kishi- dan ziyod. Shaharga 19-a.ning 20-y.lari- da inglizlar tomonidan asos solingan. 1843 y.gacha Port-Klarens, o’sha yildan Santa-Isabel deb atalgan. 1968 y.gacha Ispaniya mustamlakasi Gvineyaningma’- muriy markazi bo’lgan, 1968 y. 12 okt.dan mustaqil Ekvatorial Gvineya Respubli- kasi poytaxti. 1973 y.dan mustamlakachi- larga qarshi qo’zg’olon boshchisi, qabila boshlig’i nomi b-n M. deb atala boshladi. M. — Gvineya qo’ltig’idagi port (ka- Kao, kofe, mevalar eksport qilinadi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Taxta tilish va yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoa- ti korxonalari mavjud. Palma moyi va sovun ishlab chiqariladi. Kutubxonalar, muzeylar bor. M.da hukumat idoralari, prezident saroyi joylashgan. Me’moriy yodgorliklari saqlangan.