Malabar

Malabar — Jan. Hindistonning Malabar qirg’og’i (Arabiston dengizi) va G’arbiy gat tog’lari orasida joylash- gan tarixiy viloyat. Qadimda va o’rta asrlarda M.ning ko’p sonli knyazlikla- ri o’z mustaqilligini saqlab qolgan bo’lishlariga qaramay, vaqt-vaqti b-n turli davlat tuzilmalariga kirgan (aso- san, boj to’lashgan). Mil. AV. taxm. 3-a.da Jan. M.da Chera davlati mavjud bo’lgan. M. knyazliklarining eng yiriklari: ka- Likut (Kojikode) (15-16-a.lar), tra- vankur va Kochin (18-a.). M. Evropa dav- latlari tomonidan talontoroj qilingan Hindistonning 1hududi hisoblanadi. 16-a.da portugallarning tayanch punktla- ri tashkil topgan, 17-a.da gollandlar, inglizlar va frantsuzlarning faktoriya (savdo-sotiq olib boradigan joy)lari paydo bo’lgan. M.ni Angliyaga qarashli Ost-Indiya kompaniyam bosib olgan. M.da mustamlakachilarga qarshi qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan (M. qo’zg’oloni, 1793-1806; Mopla qo’zg’oloni, 1912-22). 1956y.dan boshlab M. hududlari Kerala va Karnata- ka Shtatlariga kirgan. Ad.: Alaev L. B., Yujnaya Indiya, So- tsialno-Ekonomicheskaya istoriya XIVXVIII vv., M., 1964; Sdasyuk G. V., Shtati Indii, M., 1981.