Malaxit

Malaxit [roH.malache — mal- va (gul-xayri bargining rangidan)] — karbonatlar sinfiga mansub mi- neral, Cu[CO3] (on)2 tarkibli. Qattikligi 3,5—4. Zichligi 4,0 g/sm5. Qo’shimchalaridan ko’proq Zn ma’lum, shu- ningdek, Sao, SiO2, G’eO3 va b. Monoklin sin-goniyada kristallanadi. Kristalla- ri (ignasimon yoki prizmatik qiyofada) kam uchraydi. Yaltirokdigi ipaksimon, olmossimon yoki shishasimon. Mis kon- larining oksidlanish zonasida hrsil bo’ladi. O’zbekistonda Olmaliqsa, RF (Ural), Qozog’iston (Shaqpaqti), Zambiya, AQSh va b. joylarda uchraydi. M.ning tuproksimon massalari («malaxit yashi- li») bo’yoq uchun xom ashyo. Odatda, kurtak ko’rinishidagi oqiq po’stloq, stalak- titsimon agregatlar, radial tolali strukturaga ega bo’lgan takrorlanuvchi yo’l-yo’l. Rangi oqyashil, ba’zan qo’ng’ir- yashil. M.ning kurtaksimon massalari rangining o’zgarib borishi kesmada va jilolangan yuzada nihoyatda chiroyli bo’lganligi uchun qoplama bezak tosh si- fatida va buyumlar tayyorlashda juda qadimdan qo’llaniladi. Ermitajda (Sankt-Peterburg) M.dan ishlangan 200 dan ziyod buyum saqlanadi. Dala sharoiti- da mis rudalarini qidirishda ko’pincha indikator.